08:18 / 02.12.2021
3 249

Mashhur yozuvchi 16 yil qamoqda o‘tirgan erkakdan uzr so‘radi

Mashhur yozuvchi 16 yil qamoqda o‘tirgan erkakdan uzr so‘radi
Foto: «Pagesix.com»
1 dekabr kuni amerikalik yozuvchi, jahon bestselleri – «Yoqimli suyaklar» kitobi muallifi Elis Sibold uni zo‘rlashda ayblanib, 16 yil qamoqda o‘tirgan erkakdan omma oldida kechirim so‘radi. 2021 yilda erkak oqlandi.

«Men, avvalo, Entoni Broduoterdan chin dildan uzr so‘rayman. Juda afsusdaman va kechinmalaringiz uchun uzr so‘rayman... 1982 yilda adolatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik va yigitning umrini mangu o‘zgartirishga emas, balki adolatga erishish uchun harakat qildim», – deb yozadi Sibold Medium blog-platformasida.

Yozuvchining qo‘shimcha qilishicha, u politsiya tizimiga ishongan, lekin u xatoga yo‘l qo‘ygan. U shuningdek uni zo‘rlagan haqiqiy jinoyatchi hech qachon qo‘lga tushmasligini tan oldi.

1981 yilda Sibold talabalik chog‘ida noma’lum kimsa tomonidan zo‘ravonlikka uchradi. Bir necha oy o‘tgach, bo‘lajak yozuvchi ko‘chada Entoni Broduoterni uchratib qolib, uni zo‘rlagan kishi deb «tan oladi». Natijada, yigit 1982 yilda sudlangan. Qiz esa bu voqeani o‘zining debyut asari «Baxt» romanida tasvirlagan.

1982 yildan 1998 yilgacha Broduoter qamoqda o‘tirdi. Ozodlikka chiqqanidan keyin u jinsiy zo‘ravonlar ro‘yxatida qoldi. 2021 yil noyabrda ish qayta ko‘rib chiqilganda yetarli dalilsiz hukm qilingani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur yozuvchi 16 yil qamoqda o‘tirgan erkakdan uzr so‘radi