2 634
Qirg‘iziston prezidenti deputatlarning maoshini qisqartirib, xizmat mashinalaridan mahrum qildi
Foto: «Kengash.kg»
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Yuqori Kengash (parlament) deputatlarining maoshini qisqartirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
2 dekabr kuni imzolangan «Respublika budjeti xarajatlarini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, parlament raisi uchun maosh 30 ming som (353 dollar), vitse-spikerlarga 27 ming som (318 dollar), parlament fraksiyalari rahbarlari va qo‘mita raislariga 26 ming som (306 dollar), deputatlarga 25 ming som (295 dollar) etib belgilandi.
Bundan tashqari parlament a’zolarinining texnik xarajatlari ham qisqartirildi. Avval Yuqori Kengash xalq deputatlariga uy-joy uchun kompensatsiya to‘lanar edi. Endi ular bekor qilindi, «mavjud xizmat xonadonlari esa uy-joyi bo‘lmagan deputatlar o‘rtasida taqsimlanadi». Shuningdek, deputatlarga xizmat avtomobillari ajratilmaydi, deyiladi xabarda.
«Prezidentning farmoni yangi budjet siyosati – davlat mablag‘larini hokimiyat tomonidan oqilona tejashga asos bo‘ldi. Budjet sohasidagi vaziyatni yaxshilash mexanizmini hammaga ma’lum bo‘lgan ‘Davlat o‘z imkoniyatlari doirasida yashashi zarur’ tamoyili bilan tavsiflash mumkin. Boshqacha aytganda, bu davlat apparatini ushlab turish uchun ketadigan davlat budjeti xarajatlarinining umumiy tejalishidir. Ushbu mexanizm murakkab iqtisodiy islohotlar davrida turli mamlakatlarda doimo muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. ‘O‘z imkoniyati doirasida yashash’ shiori ostida Boltiqbo‘yi davlatlari, Sharqiy va Markaziy Yevropada (Estoniya, Latviya, Polsha, Chexiya, Vengriya) davlat boshqaruvi islohotlari amalga oshirildi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Qirg‘iziston raisi, uning o‘rinbosarlari va oddiy deputatlarning maoshi avval qancha bo‘lganiga prezident ma’muriyati aniqlik kiritmagan, biroq deputatlarning o‘zlari 2020 yilda nafaqasiz xalq deputatining maoshi o‘rtacha 25-30 ming somni tashkil etganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni Qirg‘izistonda Oliy Kengashga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Parlamentning yangi tarkibi 120 emas, 90 nafar xalq deputatidan iborat bo‘ladi. Mamlakat Konstitutsiyasiga joriy yil 11 aprelda o‘tkazilgan referendumda qabul qilingan o‘zgartirishlarga muvofiq deputatlar soni qisqartirildi.
2020 yilgi respublika budjetida Yuqori Kengash tarkibi uchun 786,6 million som (9,27 million dollar) ajratilgan. «24.kg» axborot agentligi jurnalistlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, parlamentning bir nafar deputatiga ketadigan xarajat bir oyda o‘rtacha 330 ming som (3890 ming dollar)ni tashkil qiladi. Ular qonunchilik sohasiga va tibbiyotga sarflangan xarajatlarni solishtirgan.
Jumladan, 2020 yilning 6 oyi davomida parlament uchun budjetdan 320 million somdan ortiq, Sog‘liqni saqlash vazirligiga esa qariyb 1 milliard som sarflangan. Ammo mamlakatda bor-yo‘g‘i 120 deputat, qariyb 62 ming shifokor bor edi, ya’ni har bir deputatga g‘aznadan 2,7 million som, tibbiyot xodimiga esa bor-yo‘g‘i 16 ming somdan ajratilgan.
Bundan tashqari, har bir deputat har oyda qo‘shimcha deputatlik jamg‘armasi – 40 ming som oladi, undan uyali aloqa, benzin, avtomashinasini ta’mirlash va ofis jihozlari uchun to‘laydi. «Shifokorlar bunday imtiyozlarga ega emas. G‘azna tomonidan deputatlarga to‘lanadigan barcha xarajatlar tibbiyot xodimlari kam maosh olishi hisobiga qoplanadi. Natijada koronavirus va pnevmoniya avj olgan davrda uyali aloqa, oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar fuqarolik faollari va tadbirkorlar tomonidan yetkazib berildi», — deyiladi «24.kg» nashrida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi