22:20 / 03.12.2021
2 962

Lavrov va Blinken o‘rtasida Ukraina masalasida jiddiy tahdidlar almashildi

Lavrov va Blinken o‘rtasida Ukraina masalasida jiddiy tahdidlar almashildi
Entoni Blinken Lavrov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Foto: TASS
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken shu yilning may oyidan buyon ilk marta o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. YEXHT davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining Stokholmda o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha keskin bayonotlar bilan almashishdi.

G‘arb davlatlari Moskva Ukraina chegaralari atrofida qo‘shin to‘plab, hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb hisoblaydi, Rossiya hukumati esa NATO sharqqa tomon kengayishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlab, Kiyevni Donbass muammosini kuch bilan hal qilishga urinishda ayblaydi.

Lavrov bilan uchrashuvda Blinken Ukraina bilan ziddiyatni keskinlashtirsa, Rossiyani jiddiy sanksiyalar kutayotgani haqida gapirdi.

«Inqirozdan qochishning eng yaxshi vositasi - bu diplomatiya [...], jumladan Minsk kelishuvi majburiyatlarii bajarish va rossiyalik harbiylarni olib ketish [Ukraina chegaralari yaqinidan]. Qo‘shma Shtatlar bunda o‘z hissasini qo‘shishni istaydi, ammo ochiqlik bilan aytish kerakki, agar Rossiya konfrontatsiyaga (adovat) borsa, uni jiddiy oqibatlar kutadi», degan Davlat departamenti rahbari.

Ushbu uchrashuvdan keyin AQSH delegatsiyasining shaxsini ochiqlashni istamagan vakili Reuters agentligiga uchrashuv «jiddiy, hushyorlik bilan va ishchi ruhida» o‘tgani va hech qanday kutilmagan hodisalar bo‘lmagani haqida gapirdi. Manbaning qayd etishicha, Blinken Lavrovga, Vashington Rossiya va Ukraina o‘rtasida mojaro kuchayishining oldi olinishini istashini, agar Moskva baribir shu yo‘ldan boradigan bo‘lsa, uni sanksiyalar kutajagini aytgan.

Ukraina, Yevropa va AQSH razvedkasi so‘nggi haftalar davomida Rossiya yana o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegaralari bo‘ylab joylashtirayotgani, bu esa Ukraina sharqidagi keskinlikni kuchaytirishi va hatto mamlakatning boshqa regionlariga bostirib kirilishiga olib kelishi mumkinligi haqida aytib kelmoqda.

Sergey Lavrov Stokholmdagi o‘z chiqishida yana bir bor NATOni Rossiya manfaatlarini ignor qilishda, shuningdek, Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

«Harbiy qarama-qarshilikning dahshatli ssenariysi qaytmoqda [...] Ukraina harbiy jihatdan kuchaytirilmoqda [...] Alyansning harbiy infratuzilmalari mas’uliyatsizlik bilan Rossiya chegaralariga yaqinlashtirilmoqda, Ruminiya va Polshada raketa hujumidan mudofaa tizimlari joylashtirilgan, ular zarbdor komplekslarga aylanishi ham mumkin. Yevropa hududlarida amerikaliklarning o‘rta masofaga harakatlanuvchi raketalari paydo bo‘lishi mumkin», deya Lavrovdan iqtibos keltirgan TASS.

Vladimir Putinning so‘zlariga ishora qilgan holda TIV rahbari Rossiya «hech qanday ziddiyat istamasligi»ni ta’kidladi. «NATOdagi hamkorlarimiz tashkilotga kirishni istagan har qanday davlatga - u buni uddalay olish-olmasligidan qat’i nazar - buyruq berishga hech kim haqli emasligini aytar ekan, biz xalqaro huquq qoidalariga tayangan holda, har bir davlat xavfsizlik sohasidagi qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘llarini tanlash huquqiga ega ekanini aytamiz», deya Lavrovning Blinken bilan muzokaralar avvalidagi so‘zlarini keltirgan «Interfaks».

Kechki ovqat vaqtidagi aytishuv
Ukraina nashrlari ukrain delegatsiyasidagi manbasiga asoslangan holda vazirlar uchrashuvidan oldin, chorshanba oqshomida bir tomonda Lavrov, ikkinchi tomonda Blinken hamda Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba ishtirokidagi norasmiy kechki ovqat mahalida dahanaki tortishuv bo‘lib o‘tgan. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar tarqatgan va bu ma’lumot «Ukrinform» davlat agentligi tomonidan ham tasdiqlangan.

«O‘z nutqini u [Lavrov] Ukrainadagi davlat to‘ntaruvi va millatchilar haqidagi ig‘voli tezislar bilan olib bordi. Bu diplomatik tortishuvga sabab bo‘ldi. Boshqa barcha vazirlar guvohligida Kuleba so‘z oldi va Lavrovga joyini ko‘rsatib qo‘ydi», degan «Ukrainskaya pravda» manbasi.

Lavrov bilan uchrashuvdan oldin Entoni Blinken ukrainalik hamkasbi Dmitro Kuleba bilan gaplashib oldi. Foto: AFP
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Kuleba Rossiya Ukraina hududini o‘qqa tutayotgani va ukrain harbiylarini o‘ldirayotganini, shuningdek, doimiy ravishda YEXHT missiyasi kuzatuvchilari faoliyatiga to‘sqinlik qilib kelayotganini aytgan. Shu manba ma’lumotiga ko‘ra, Entoni Blinken ukrainalik hamkasbini qo‘llab-quvvatlagan. Keyin Lavrov yana so‘z olgan va yana turli ayblovlar bildirgan va yana Kuleba hamda Blinken unga javob qaytargan.

Payshanba kuni Blinken Lavrov bilan muloqotidan oldin Kuleba bilan ham uchrashgan. Rossiya tomoni Lavrov, Blinken va Ukraina TIV rahbari ishtirokidagi mojaroli holat yuzasidan izoh bermagan.

Payshanba kun Lavrov Stokholmda boshqa hamkasblaridan tashqari Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass bilan ham alohida uchrashuv o‘tkazdi. «Men yana bir bor Birlashgan Qirollik Ukraina suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladim. Biz shuningdek Eron, Afg‘oniston va ikki tomonlama masalalarni muhokama qildik», deya yozgan Trass xonim uchrashuvdan keyin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov va Blinken o‘rtasida Ukraina masalasida jiddiy tahdidlar almashildi