Foto: AFP/Getty Images
Boku Ozarboyjon nazoratiga o‘tgan hududlardagi mina maydonlari xaritasi evaziga Yerevanga 10 harbiy asirni topshirdi. Bu haqda Ozarboyjon davlat xavfsizlik xizmatida ma’lum qilindi.
“Insonparvarlik tamoyili nuqtayi nazaridan, Ozarboyjon 4 dekabrda Armanistonga 10 harbiyni topshirdi”, deyilgan bayonotda.
Xavfsizlik xizmatida ta’kidlanishicha, arman harbiylari 16 noyabrda ikki davlat chegarasidagi to‘qnashuvlar vaqtida asirga olingan.
Ikkala tomon ham ushbu almashish Rossiya ishtirokida amalga oshirilganini ta’kidlab o‘tgan.
Avvalroq Ozarboyjon va Armaniston yetakchilari Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Bryusselda o‘tadigan “Sharqiy sheriklik” sammiti doirasida 15 dekabrda uchrashishga rozi bo‘lgani ma’lum qilingan. Ularga uchrashish taklifini Yevrokengash rahbari Sharl Mishel bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi