2 381
Indoneziyada Semeru vulqoni uyg‘ondi. Odamlar vulqon kulidan uzoqroqqa ketishga urinmoqda
Foto: Al Jazeera
Indoneziyada Yava orolidagi eng baland – Semeru vulqoni faollashdi. Vulqon uyg‘onishi oqibatida havoga chiqqan kul ustuni uning atrofidagi qishloqlarni qoplab oldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Vayron bo‘lgan binolar va hodisa oqibatida halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan. Hukumat vulqon atrofida yashaydigan aholini xavfsiz joyga evakuatsiya qilish ishlarini boshlab yuborgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda vulqon kulidan qochib, boshqa joyga ketayotgan kattalar va bolalar aks etgan videolar tarqalgan.
Hodisaga guvoh bo‘lgan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim hududlarda vulqon kuli quyoshni to‘sib qo‘ygan va bu ancha vahimali ko‘rinmoqda.
Foto: BBC
Indoneziya rasmiylari tomonidan turli aviakompaniyalarga vulqon kulining balandligi 15 ming metrgacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi