
Foto: AP
AQSH butun dunyodagi mustaqil jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini himoya qilish uchun katta mablag‘ ajratish niyatida. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken “Demokratiya sammiti” arafasida ma’lum qildi.
“Sammit vaqtida biz moliyaviy muammolarni boshdan kechirayotgan mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘ ajratishimizni e’lon qilamiz”, — dedi Blinken.
9-10 dekabr kunlari Vashington tashabbusi bilan “Demokratiya sammiti” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sammit davlat rahbarlari, huquq himoyachilari va tadbirkorlar ishtirokida videokonferensiya rejimida bo‘lib o‘tadi. Unga 110 mamlakat va hudud taklif etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar