Foto: RIA Novosti
Rossiyaning eng badavlat ayoli Tatyana Bakalchuk 2021 yilda o‘z boyligining foiz hisobida ko‘payishi bo‘yicha barcha milliarderlar ichida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.
Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, Wildberries internet-reteyleri asoschisining boyligi bir yil ichida 1000 foizdan ziyodroqqa ko‘paygan. Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, 46 yoshli Bakalchuk ayni vaqtda 13 mlrd dollar boylik bilan dunyo milliarderlari ro‘yxatida 165-o‘rinni egallamoqda. Shu bilan birga, tadbirkor Rossiyaning eng boy odamlari orasida 13-o‘rinda turibdi, vaholanki 2020 yilda u 1 mlrd dollar bilan 93-o‘rinni egallagandi.
Forbes’ning xabar berishicha, pul hisobida boyligining ko‘payishi bo‘yicha Tesla asoschisi Ilon Mask yetakchilik qilmoqda. 2021 yilda amerikalik tadbirkorning boyligi 2020 yildagi kabi 110 mlrd dollarga ko‘paygan. Mask ayni vaqtda eng boy odamlar ro‘yxatida 273 mlrd dollar bilan yetakchilik qilmoqda. Noyabr boshida biznesmen boyligi 300 mlrd dollardan oshgan tarixdagi ilk odam bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi