11:00 / 12.12.2021
2 476

Tailandda rahbaridan norozi ayol o‘zi ishlagan kompaniyaning neft omborini yoqib yubordi

Tailandda rahbaridan norozi ayol o‘zi ishlagan kompaniyaning neft omborini yoqib yubordi
Foto: Chiang Rai Times
Tailandda o‘zi ishlagan neft hamda kimyoviy vositalar saqlanadigan omborga o‘t qo‘ygan 38 yoshli ayol hibsga olindi. Bu haqda Chiang Rai Times xabar bergan.

Kuzatuv kameralari omborga o‘t qo‘yilgan vaziyatni qayd etgan. Kompaniyaning omborga mas’ul bo‘linmasiga rahbarlik qilgan Enn Sriya aybiga iqror bo‘lib politsiyaga kelgan va ushbu harakat qasos olish uchun qilinganini aytgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra uning boshlig‘i doimiy ravishda unga tanbeh berib kelgan.

Ayol bir qavatli omborni yoqib yuborgan vaqtida ichkarida minglab gallon neft va kimyoviy moddalar bo‘lgan.

Ombordagi kimyoviy moddalar olov ta’sirida tezlik bilan atrofga tarqalgan va bino atrofida zaharli tutun hosil qilgan.

Yong‘in chiqqan joyda 40 nafar qutqaruv avtomobili ishlagan. Hodisa oqibatida jabrlangan kompaniyaga jami 40 million bat (taxminan 1,18 million AQSH dollari miqdorida) moddiy zarar yetkazilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda rahbaridan norozi ayol o‘zi ishlagan kompaniyaning neft omborini yoqib yubordi