9 dekabr kuni Vladimir Putin Inson huquqlari bo‘yicha kengash (SPCH) yig‘ilishida ishtirok etdi. Prezidentning rejissyor Aleksandr Sokurov bilan bahs paydo bo‘ldi. Sokurov mamlakatning ayrim sub’ektlarni «qo‘yib yuborish»ni taklif qildi.
Sokurovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «shunday kichik davlat uchun» «juda qimmat» tashqi siyosat yuritmoqda. Rejissyor «Belarus, Janubiy Osetiya, Abxaziya kabi davlatlar Rossiyaga boqimanda»ligi, buning ustiga Suriya va janubiy mamlakatlarga ham yordam berilayotganini eslatib o‘tgan.
Bundan tashqari, Sokurovning fikricha, mamlakatda federalizm inqirozi yuz bermoqda, bu ayniqsa Shimoliy Kavkazda yaqqol namoyon bo‘lyapti. Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, bu mintaqalar aholisining ruslarni yoqtirmasligi ortmoqda va birga yashashni istamaydi. “Kavkaz yagona millatga aylanib bormoqda”, degan Sokurov.
«Keling, endi biz bilan birga yashashni istamaydiganlarni ozod qilaylik. Biz o‘z holicha yashashni istagan har bir kishiga omad tilaylik...», - deya xulosa qilgan rejissyor Aleksandr Sokurov
Putin rejissyorning pozitsiyasiga qo‘shilmagan va buni «nutq emas, manifest» va «muammolar va qo‘rquvlar yig‘indisi» deb atagan. U Sokurovdan «kim biz bilan yashashni xohlaydi, kim xohlamasligi»ni qayerdan bilishini so‘ragan, shuningdek, gapirishdan oldin o‘ylab ko‘rishni maslahat bergan.
Putin: «Masalan, siz barcha respublikalar milliy xususiyatga ega ekanligini aytdingiz. Ilgari boshqacha bo‘lganmi? Sovet Ittifoqi davrida boshqacha bo‘lganmi? Siz «biz bilan yashashni istamaganlarni qo‘yib yuboraylik» dedingiz. Biz bilan kim yashashni xohlayotganini va kim yo‘qligini qayerdan bilasiz?» – deb noroziligini bildirgan.
Prezident, shuningdek, hech kimni haqorat va xafa qilmaslik uchun «ba’zi narsalar haqida jim bo‘lib, shaxsan muhokama qilgan ma’qul», dedi. U bu savollarni «juda nozik va sezgir» deb atagan.
Prezidentning munosabatini keyinroq uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov: «Prezident bunday masalalarga toqat qilolmaydi», deb izohlagan.
Sokurov Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 2018 yilda qo‘shilgan. U Putin bilan ilgari ham tortishib qolgan. 2019 yilda jahonga mashhur kinorejissyor Rossiya prezidentiga «Moskva ishi» bo‘yicha sudlanganlar bilan uchrashishni, shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga ushbu mukofot topshirilganidan keyin Rossiya Qahramoni unvoni maqomini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. O‘shanda ham Putin rejissyorning biron bir taklifiga qo‘shilmagan edi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin bilan mojarodan keyin Sokurovni hibsga olish xavfi yo‘qligini aytgan. Qodirov esa o‘zining telegram-kanalida Chechenistonni Rossiyaning ajralmas qismi deb atagan va rejissyorga ta’na toshlarini otgan. Checheniston parlamenti Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga rejissyorning bayonotlarini tekshirish iltimosi bilan murojaat qilishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas