14:43 / 13.12.2021
1 982

Yangi Kaledoniya Fransiyadan mustaqil bo‘lish uchun referendum o‘tkazdi

Yangi Kaledoniya Fransiyadan mustaqil bo‘lish uchun referendum o‘tkazdi
Foto: «Twitter»
Fransiyaning dengizorti hududi — Yangi Kaledoniyada mustaqillik uchun referendum bo‘lib o‘tdi.

Yangi Kaledoniya mustaqilligini istovchilar atigi 3,51 foizni tashkil etdi. Qarshi ovoz berganlar —96,5 foiz. Referendum byulletenlarining 2,99 foizi bekor qilingan.

Refernedumda arxipelagning atigi 55 foiz aholisi qatnashdi.

Fransiya prezidenti Emmanul Makron referendum natijalariga munosabat bildirarkan, o‘z videomurojaatida Yangi Kaledoniya fransuzlarniki bo‘lib qolishini, referendumdan so‘ng arxipelagda «o‘tish davri» boshlanishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: Tinch okeani janubida joylashgan Yangi Kaledoniya — o‘nlab orollardan tashkil topgan arxipelag. Umumiy maydoni — 16 372 kvadrat kilometr. Aholisi — 271 960 kishi (2020 y.). Parijdan 15 ming kilometr olisda joylashgan, 1853 yilda Fransiya imperiyasi tarkibiga kirgan. 1946 yilda Fransiyaning dengizorti hududi maqomini olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Kaledoniya Fransiyadan mustaqil bo‘lish uchun referendum o‘tkazdi