Rossiya va Niderlandiya olimlari “EkzoMars-TGO” zondi yordamida Marsning Mariner vodiysida katta miqdorda muz zaxiralarini aniqlashdi.
“TGO zondi Marsda ko‘p metrlik chang va tuproq ostida avval aniqlashning imkoni bo‘lmagan suv zaxiralarini aniqlay oladi. Jumladan, zonddagi FREND qurilmasi Mariner vodiysidagi kanonlar tizimida sirtining 40 foizi muz qatlamidan iborat maydonni aniqladi”, deb aytilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, muz topilgan maydon Ladoga ko‘lidan deyarli 2,5 marta katta.
Mariner vodiysi ulkan kanonlar tizimi bo‘lib, ular Qizil sayyoraning janubiy yarimsharida joylashgan. Ularning uzunligi 4,5 ming kmni, chuqurligi 11 kmni tashkil qiladi.
FREND neytron spektrometri Mars tuprog‘i ostida suv va vodorodning boshqa birikmalari izlarini aniqlay oladi.
“Marsda suv uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ho‘l qumdagi suv – bunday suv bir necha foizni tashkil qiladi. Ikkinchisi, kimyoviy bug‘langan suv, gidratlashgan minerallar bo‘lib, ular Marsdagi jami suvning 15 foizini tashkil qilishi mumkin. Uchinchi ko‘rinishi – sof muz”, deb aytishgan olimlar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi