Foto: Getty Images
AQSH sobiq prezidenti, respublikachi Donald Tramp o‘zining Trump Organization kompaniyasiga qarshi tergov o‘tkazayotgan Nyu-York shtati bosh prokurori Letitsiya Jeymsning ustidan sudga shikoyat qildi. Bu haqda The Guardian gazetasiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
Xususan, Tramp uni yanglish xulosa chiqarishda ayblamoqda. Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, Jeyms demokrat bo‘lib, «faqat siyosiy dushmanlik va u o‘zining siyosiy raqibi deb biladigan fuqaroni ta’qib qilish, qo‘rqitish va o‘ch olish istagi bilan harakat qilmoqda».
Jeyms Tramp va Trump Organization’ning fuqarolik huquqlarini buzishda ayblanyapti. Da’voda bosh prokurordan «zudlik bilan ishni to‘xtatish yoki hech bo‘lmaganda barcha davom etayotgan tergovlarni tegishli ravishda cheklash» bo‘yicha hamda Jeymsning Tramp yoki uning biznes majmuasiga qarshi har qanday fuqarolik yoki jinoiy ishda ishtirokini taqiqlash talab qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jeyms ilgari surilgan da’voga allaqachon munosabat bildirgan va tergov «to‘xtovsiz davom etishini» ma’lum qilgan.
Nyu-York shtati prokuraturasi Donald Tramp va uning Trump Organization kompaniyasini kreditlarni ta’minlash va iqtisodiy foyda olish uchun aktivlar qiymatini manipulyatsiya qilishda ayblamoqda.
Ma’lumot uchun, Nyu-York sudi advokatlik byurosiga sobiq prezident Donald Tramp kompaniyasi faoliyatiga oid barcha hujjatlarni shtat prokuroriga topshirishni buyurgan edi va materiallar 4 fevraldan Letitsiya Jeymsga topshirilgan.
Avvalroq sobiq prezident har qanday qonunbuzarlik holatlarini rad etib, «tergov siyosiy sabablarga asoslangan»ini ta’kidlagan edi. Shuningdek, u Manxetten okrugi prokurorining tergovini siyosiy «jodugar ovi» deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)