Pentagon 2021 yil davomida 100 ga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Bu kabi ma’lumotlar idora tomonidan 20 dekabr kuni e’lon qilingan ichki ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi hisobotida keltirilgan, deb xabar beradi «TASS».
«Mudofaa vazirligi o‘tgan yil ichida taqiqlangan ekstremistik harakatlarga aloqadorligi yuzasidan rasmiy choralar ko‘rilgan harbiy xizmatchilar soni qariyb 100 nafar ekanini aniqladi», — deyiladi relizda.
Shuningdek, matnda qator tavsiyalar keltirilgan. Shu jumladan, ichki tahdidlarni tahlil qilish uchun asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha zarur mablag‘lar miqdorini aniqlashtirish, zararli faoliyatga qarshi kurashda harbiy va fuqarolik kadrlarini tayyorlash bo‘yicha kompleks reja ishlab chiqish, «ekstremistik faoliyat» tushunchasini aniqlash yangi siyosati va yangi ta’rifini joriy etish taklif etilmoqda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Pentagon ichki tahdidlar va bo‘linmalarning birligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlarga qarshi kurashni davom ettiradi.
Avvalroq Pentagon sobiq maslahatchisi AQSHning maxfiy bo‘linmasi sabab Suriyada tinch aholi o‘ldirilganini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Talon Anvil nomli maxsus bo‘linma tinch aholini himoya qilish maqsadida o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilmagan. Buning oqibatida fermerlar, bolalar, oilalar va boshqa tinch aholi halok bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, buyruqlarni yuqori martabali harbiylar emas, balki Talon Anvil’da xizmat qilgan «nisbatan pastroq lavozimda» bo‘lgan «Delta» maxsus kuchlarining vakillari bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)