Foto: RIA «Novosti»
«Beeline» mobil aloqa operatori va «Dinastiya» jamg‘armasi asoschisi Dmitriy Zimin hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning o‘g‘li Boris Zimin «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi. Dmitriy Zimin 88 yoshda vafot etgan.
Avvalroq Zimin «Forbes» jurnalining Rossiyadagi eng badavlat tadbirkorlar reytingiga kiritilgan edi. Xususan, 2005 yilda uning boyligi 520 million dollarga baholangan.
Boris Ziminning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor Shveysariyada vafot etgan. «Mening otam hayotni juda yaxshi ko‘rardi va ko‘p umr kechirdi. Hammasi uchun unga rahmat. U tinchgina, bizni va hayotni bir oz qayg‘u bilan tark etdi. So‘nggi oylarda otam og‘ir kasal edi», deb yozgan Boris Zimin.
Dmitriy Zimin 1992 yilda Konstantin Kuzov bilan birgalikda ayni paytda «Beeline» savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi «Vimpelkom-Kommunikatsii» kompaniyasiga asos solgan.
Tadbirkor yirik xayriyachi edi. U fundamental fanni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Dinastiya» fondiga asos olgan va unga rahbarlik qilgan.
2016 yilda Dmitriy Zimin o‘g‘li Boris bilan birgalikda ilm-fan va ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi «Zimin Foundation» xalqaro notijorat tashkilotiga asos solgan. Bundan tashqari, Zimin «Ma’rifatparvar» mukofotining hammuassisi ham hisoblanar edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi