
Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston senati (parlament yuqori palatasi) o‘lim jazosini bekor qilish masalasi bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Tuzatishlarda o‘lim jazosini respublika jinoyat kodeksining barcha moddalaridan chiqarib tashlash taklif qilingan. Shunday qilib, mamlakat jinoyat kodeksida ozodlikdan umrbod mahrum qilish eng keskin jazo bo‘ladi.
Qonun senat tomonidan qabul qilinganidan so‘ng imzolash uchun Qozog‘iston prezidentiga yuboriladi.
Qozog‘istonning amaldagi jinoyat kodeksida 17ta moddada o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan.
Respublikada ayni paytda o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilga. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar