Foto: AP Photo
Rossiyani mag‘lub etib bo‘lmaydi, uni faqat ichkaridan yo‘q qilish mumkin, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yillik matbuot anjumanida.
BBC rus xizmati muxbiri Pyotr Kozlov Putindan so‘nggi olti oy ichida tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarining xorijiy agentlar va ekstremistlar deb tan olinishi keskin oshganiga nima sabab bo‘layotganini, prezident o‘z harakatlari bilan kelajakdagi urush va inqiloblar uchun poydevor qo‘yayotganidan qo‘rqadimi yoki yo‘qligini so‘radi.
«Agar tarixni oladigan bo‘lsak, sizga raqiblarimiz asrlar davomida nima haqida gapirib kelayotganini eslatmoqchiman. Rossiyani mag‘lub etib bo‘lmaydi, uni faqat ichkaridan yo‘q qilish mumkin. Birinchi jahon urushi paytida, aniqrog‘i, uning yakunlaridagi ishlarga va 90 yillarda Sovet Ittifoqi parchalanishiga nima sabab bo‘lgandi? Buni kim qilgandi? Boshqalarning manfaatlariga xizmat qilganlar, rus va Rossiya imperiyasining boshqa xalqlari, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining bugungi kundagi manfaatlariga aloqasi bo‘lmaganlar», — dedi Putin.
Xorijiy OAVlarning reyestri tez o‘sib borayotgani haqidagi savolga Putin bunda yaxshilik ko‘rmayotganini aytdi. «Ommaviy axborot vositalari – xorijiy agentlar reyestriga kelsak. Bunda yaxshilik yo‘q, degan fikringizga qo‘shilaman», — dedi Putin.
Shu bilan birga, u Rossiyada xorijiy agentlar faoliyatini tartibga solish AQSHdagiga qaraganda yumshoqroq ekanini, u yerdagi qonunda Rossiya qonunlariga qaraganda qattiqroq jazolar nazarda tutilganini aytdi.
«Agar o‘z faoliyatingizni tugatmagan bo‘lsangiz, jinoiy ishga tortilishingiz mumkin — besh yilgacha qamoq jazosi. Agar faoliyatingizni to‘xtatib, tashkilotingizni yopgan bo‘lsangiz ham, bu sizni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Besh yil», — dedi Putin. Rossiyada bunday narsa yo‘q, deya qo‘shimcha qildi u.
«Biz faoliyatni to‘xtatishni talab qilmaymiz... Ular bundan keyin ham ishlashda davom etishi mumkin. Bizning qonunimiz ancha liberalroq», — dedi prezident va chet el agenti sifatida tan olingan tashkilotlar moliyaviy manbalarini oshkor etishi zarurligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u «siyosiy faoliyatni tushunish bilan bog‘liq, shuningdek, ularning ishini qanday tartibga solish kerakligiga oid masalalar borligini aytdi. «Bizda ro‘yxatdan o‘tgan 200 mingta nodavlat notijorat tashkilotlaridan 74 tasi xorijiy agent sifatida tan olingan», — dedi Putin. Bu nisbatdan kelib chiqadiki, Rossiyadagi xorijiy agentlarning ulushi AQSHdagi xorijiy agentlarning ulushidan oshmaydi, deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi