22:43 / 23.12.2021
1 495

AQSH harbiy dengiz kuchlari Erondan noqonuniy olib kelinayotgan qurollarni qo‘lga oldi

AQSH harbiy dengiz kuchlari Erondan noqonuniy olib kelinayotgan qurollarni qo‘lga oldi
Foto: AP Photo
AQSH harbiy dengiz kuchlari Erondan noqonuniy yo‘l bilan qurol-yarog‘ olib kelayotgan yamanlik ekipaj kemasini qo‘lga oldi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi. Taxminlarga ko‘ra, qurollarni Yamanga yetkazish rejalashtirilgan.

«Xusiylarga (yamanlik isyonchilar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita qurol-yarog‘ yetkazib berish, sotish va o‘tkazish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari va AQSH sanksiyalariga zid», — deya telekanal AQSH harbiy dengiz kuchlarining Beshinchi floti bayonotidan iqtibos keltirdi.

Kema 20 dekabrdan beri davom etayotgan operatsiya doirasida Arab dengizining Ummon va Pokiston qirg‘oqlari yaqinida qo‘lga olingan. Amerikalik dengizchilar kema bortidan 1400 ta avtomat va 226 000 dona o‘q-dori topgan. So‘ng kema cho‘ktirilgan, ekipaj a’zolarini esa vataniga qaytarish rejalashtirilmoqda.

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Beshinchi floti ma’lumotlariga ko‘ra, kema «avvallari Yamandagi xusiylarga qurol olib o‘tishda foydalanilgan» yo‘nalishda suzayotgandi. Harbiy flot qo‘mondonligining ta’kidlashicha, joriy yil davomida flot xodimlari ushbu hududda noqonuniy olib o‘tilayotgan qariyb 8,7 ming dona qurol-yarog‘ni musodara qilgan.

ABC AQSH 2016 yildan Yamanga yuborilayotgan qurollarni musodara qila boshlaganini eslatdi.

Yamandagi qurolli mojaro 2014 yilning mart oyidan beri davom etmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy qo‘shinlarini mamlakatning bir qismini nazorat qilayotgan xusiy isyonchilarga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlamoqda. G‘arbning fikricha, isyonchilarga Eron yordam bermoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH harbiy dengiz kuchlari Erondan noqonuniy olib kelinayotgan qurollarni qo‘lga oldi