186 nafar Donbassdan kelgan yollanma askar Suriyada ISHID terrorchilari bilan janglarda, Palmira va mamlakatning boshqa shaharlari uchun janglarda halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Dmitriy Sablin Damashqqa tashrifi chog‘ida aytib o‘tgan.
Shuningdek, Suriyada halok bo‘lgan askarlar xotirasiga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilayotgani xabar qilingan.
«Rus dunyosi» targ‘ibotchisi va DNR respublikasi «rasmiysi» Aleksey Akutin Suriyada diktator Bashar Asad ma’muriyati bu mamlakatdagi janglarda halok bo‘lgan 186 nafar «donetsklik yigitlar»ga haykal o‘rnatmoqchi ekanligini aytgan.
Biroq, asli bosib olingan ukrain yerlaridan bo‘lgan bloger «Necro Mancer» ko‘rsatilgan raqamning aniqligiga ishonchi komil emas: “Qiziq raqam. Garchi men “yigitlar" aynan donetsklik ekanligiga shubha qilaman”, degan.
Ehtimol, bu Donetsk va Lugansk viloyatlarining bosib olingan hududlaridan 2015 yildan beri Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyalari, birinchi navbatda, Vagner jangarilari safiga faol jalb qilingan yollanma askarlarning umumiy soni bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi