14:12 / 25.12.2021
1 699

Turkiya iqtisodiy jihatdan dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanmoqchi

Turkiya iqtisodiy jihatdan dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanmoqchi
Turkiya dunyoning yetakchi o‘n iqtisodiyoti safiga kirishni maqsad qilgan. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdog‘an juma kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida iqtisodchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning amaldagi hukumati iqtisodiy dasturi aynan mana shu maqsadga qaratilgan.

Erdog‘an o‘zi rahbarlik qilayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) hukmronligi davrida Turkiyaning Xalqaro valyuta jamg‘armasiga (XVJ) qarzi qolmaganini eslatib o‘tdi.

Bugungi kunda bizning XVJdan qarzimiz yo‘q va bu tuzilma bilan muzokaralar olib bormayapmiz. Umuman olganda, ATP hukmronligi yillarida Turkiya o‘z tarixida birinchi marta izchil rivojlana boshladi. Turkiya Markaziy bankining zaxiralari bugungi kunda 115 milliard dollardan oshadi. Muvaffaqiyatlarimiz Turkiyaga qarshi doiralarning noroziligini kuchaytirmoqda. O‘tgan 9 yil davomida mamlakatimiz doimiy ravishda, jumladan, iqtisodiy va siyosiy sohalarda ham hujum va tazyiqlarga duchor bo‘ldi. Valyuta bozorlaridagi so‘nggi manipulyatsiyalar shu bilan bog‘liq”, – dedi Erdog‘an.

Turkiya prezidenti mahalliy kompaniyalarni dollar kursining oshishi bahonasida ko‘tarilgan tovarlar narxini pasaytirishga chaqirdi. “Endi turk lirasi mustahkamlandi, biz narxlarning dollar kursi o‘zgarishi bilan bir xil nisbatda pasayishini kutmoqdamiz”, – u.

Erdog‘anning aytishicha, moliyaviy sektorda muvozanat tezroq tiklansa, 2022 yilning yoziga borib Turkiya butunlay boshqacha iqtisodiy muhitga o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya iqtisodiy jihatdan dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanmoqchi