Avstriya sobiq kansleri o‘ziga AQSHdan ish topdi

Avstriya sobiq kansleri o‘ziga AQSHdan ish topdi
Foto: AFP
Avstriya sobiq kansleri Sebastyan Kurs AQSHdagi investitsiya kompaniyasiga ishga joylashdi, deb xabar berdi Österreich nashri.

Qayd etilishicha, Kurs yangi ish joyida yiliga 500 ming yevro maosh oladi. U kansler lavozimida yiliga 270 ming yevrodan ko‘proq maosh olardi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Kurs AQSHga oilasi bilan ko‘chib o‘tadi. Sebastyan Kurs 2 dekabr kuni siyosatdan ketishini e’lon qilgandi.

18 noyabrda Avstriya parlamenti Sebastyan Kursni deputatlik daxlsizligidan mahrum qilgandi. Mamlakat sobiq hukumat rahbari korrupsiya ishida gumonlanganidan so‘ng lavozimini tark etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar