1 260
Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qildi. Bu jazo Sobiq Ittifoqdan bir mamlakatda saqlanib qolmoqda
Foto: «Reuters»
Qozog‘iston parlamenti Senati Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan o‘lim jazosini butunlay bekor qilishni yoqlab ovoz berdi. Shu tariqa sobiq Ittifoq hududlarida o‘lim jazosi bekor qilinmagan yagona mamlakat — Belarus qoldi.
Qozog‘iston Senati matbuot xizmati xabar berishicha, parlament yuqori palatasi 23 dekabr kuni «Qozog‘iston Respublikasining o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilgan.
Prezident Toqayev yaqinda qilgan chiqishida Qozog‘istonda o‘lim jazosi hech istisnosiz bekor qilinishi kerakligini ta’kidlagandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston 1991 yilda mustaqil bo‘lganidan buyon 536 ta o‘lim jazosi ijro etilgan. Eng so‘nggisi 2003 yilda amalga oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi