Rojdestvo dam olish kunlarida butun dunyo bo‘ylab «O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q» filmiga chiptalar sotuvidan tushgan foyda 1,05 milliard dollarga yetdi. Bu haqda CNBC ma’lum qildi.
Film noyabr oyida ekranga chiqarilgan va 904,9 million dollar yig‘gan Xitoyning «Chanjin ko‘lidagi jang» filmini ortda qoldirdi.
Comscore ma’lumotlariga ko‘ra, 1 milliard dollardan oshgan so‘nggi film 2019 yilda suratga olingan «Yulduzlar janggi: Skayuokerning yuksalishi» filmi edi.
Avvalroq, premeradan keyingi birinchi dam olish kunlarida film Shimoliy Amerikada 253 million dollar ishlab topgani, Sony kinostudiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, bu Shimoliy Amerika prokat tarixidagi uchinchi natija bo‘lgani xabar qilingandi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yangi «O‘rgimchak-odam» Marvel suratga olingan yana ikkita filmdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi: «Qasoskorlar: Oxirgi o‘yin» va «Qasoskorlar: Cheksizlik janggi».
Filmning AQSHda premerasi 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi