07:00 / 28.12.2021
1 472

London sudi qirolicha Yelizaveta II ga uyushtirilgan suiqasd tafsilotlarini oshkor qildi

London sudi qirolicha Yelizaveta II ga uyushtirilgan suiqasd tafsilotlarini oshkor qildi
Foto: Global Look Press
London politsiyasi 19 yoshli britaniyalikning qirolicha Yelizaveta II ni go‘yoki o‘ldirish maqsadida Vindzor qasri hududiga noqonuniy kirgani bo‘yicha olib borilayotgan tergov tafsilotlarini ma’lum qildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, fuqarolarning ruhiy salomatligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq psixiatriya klinikasiga yuborilgan.

Voqea 25 dekabr, Rojdestvo kuni ertalab sodir bo‘lgan. Yigit arqonli narvondan foydalanib, Vindzor qasrini o‘rab turgan metall to‘siqdan oshib o‘tmoqchi bo‘lgan. Biroq u panjaradan bir necha metrdan uzoqroq harakatlana olmagan – uni xavfsizlik kameralari yordamida payqab qolishgan va zudlik bilan qo‘lga olgan, shundan so‘ng politsiyaga olib ketilgan. Psixiatr ko‘rigidan o‘tgach, u majburiy davolanishga yuborildi.

Voqea tafsilotlari OAVga 26 dekabr kuni ma’lum bo‘ldi. The Sun gumonlanuvchi tomonidan olingan videoni qo‘lga kiritdi, unda qora hudi kiygan, yuzida niqob va qo‘lida arbalet kamon ushlagan odam ovozini o‘zgartirgan holda kameraga qarab, ular «qirolichani o‘ldirishni» istaydi va «bu qasos», degan gaplarni aytgan.

«Qilgan va qiladigan ishlarimdan afsusdaman. Men qirolicha Yelizavetani o‘ldirishga harakat qilyapman», — deydi gumonlanuvchi. U o‘zining sikx ekanini va 1919 yilda Amritsarda Britaniya imperiyasining mustamlakachi kuchlari tomonidan qatl qilingan sikxlar uchun («Amritsar qirg‘ini» deb ataladi), shuningdek, irqiy adolatsizliklar tufayli «o‘ldirilgan, xo‘rlangan va kamsitilgan» har bir kishi uchun qasos olishni xohlayotganini aytadi.

Skotland-Yardning maxsus bo‘linmasi hozirda videoni o‘rganib chiqmoqda, shuningdek, jinoyatchining Rojdestvo kuni ertalab Vindzor qasriga qanday kelganini aniqlamoqda, o‘sha paytda jamoat transporti hali ishlamayotgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London sudi qirolicha Yelizaveta II ga uyushtirilgan suiqasd tafsilotlarini oshkor qildi