
Foto: «Vokrug sveta»
Gallup International assotsiatsiyasi mustaqil tadqiqot agentliklari o‘tkazgan global so‘rov asosida dunyo mamlaning eng baxtli mamlakatlarini aniqladi.
GIA «Baxt indeksi»da yuqori o‘rinlarni Kolumbiya (+79), Qozog‘iston (+76), Albaniya (+74), Malayziya (+73) va Ozarbayjon band etdi.
Eng past o‘rinlarni esa Gana (+2), Afg‘oniston (+9), Gonkong (+11), Iroq (17) va Rossiya (+18) band etdi, deyiladi tadqiqotda.
Shuningdek, «Umid indeksi» (Hope Index)da eng yaxshi va eng yomon ko‘rsatkichga ega mamlakatlar nomi ham ma’lum qilindi.
Optimist-mamlakatlar yetakchi beshligiga Indoneziya (+72), Albaniya (+65), Ozarbayjon (+53), Nigeriya (+51), Meksika va Vetnam (har ikkisida bir xil +47 ball) kiritilgan.
Umidsiz-mamlakatlar beshligida esa Turkiya (-34), Bolgariya (-34), Afg‘oniston (-32), Polsha (-30) va Chexiya (-25)ni ko‘rish mumkin. Tadqiqot 45 mamlakatni qamrab olgan, ular orasida O‘zbekiston yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar