3 057
«Saddam Husayn qatl etilishini oldindan bilardi, lekin...» — Iroq sobiq prezidentining advokati
Foto: AP Photo
Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn o‘zining sud jarayoni o‘lim jazosi bilan yakunlanishini bilar edi, lekin xavotir va qo‘rquvini namoyon qilmadi, dedi sobiq yetakchining advokati Muhammad Munib «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.
Husayn 15 yil avval, AQSH Iroqqa bostirib kirganidan so‘ng, mamlakatda mavjudligi tasdiqlanmagan ommaviy qirg‘in qurollarini izlash bahonasida 30 dekabr kuni qatl etilgandi.
«U natija oldindan belgilangani, ular uning boshini istashini va hech qanday e’tiroz qabul qilinmasligini boshidanoq bilardi», — deydi Munib.
Shu bilan birga, advokatning so‘zlariga ko‘ra, Husayn Eronga o‘zining asosiy dushmani deb qarashda davom etgan.
«U mard edi, shu ma’nodaki, biz uning biror narsadan qo‘rqayotganini hech qachon sezmaganmiz: na ko‘rinishida, na so‘zida, na suhbatida, na bergan savollarida. U yuridik fakultet bitiruvchisi sifatida so‘zga chiqdi va sudning qonuniy emasligini bilgan holda bu soxta jarayonni fosh etish maqsadida ayrim huquqiy jihatlarga oydinlik kiritdi. Shu sababdan u hech kimga sir bo‘lmagan g‘urur va hurmatni uyg‘otdi. O‘ylaymanki, uning qatl etilish lahzasi — buni hammamiz televizorda ko‘rgandik — aytganlarimni tasdiqlaydi», — deya qo‘shimcha qildi Munib.
AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Iroqqa bostirib kirishi 2003 yilda sodir bo‘lgan. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash va ommaviy qirg‘in qurollarini izlash bahonasida prezident Saddam Husayn hokimiyatdan ag‘darilgan va qatl etilgan.
Iroqning sobiq rahbari qariyb olti oy davomida amerikaliklardan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, biroq 2003 yilning dekabrida u o‘zi tug‘ilgan shahar — Tikrit yaqinida qo‘lga olingan. Maxsus tribunalning birinchi yig‘ilishi 2004 yil iyul oyida bo‘lib o‘tdi. Sud Husaynni aybdor deb topdi va 2006 yilning 5 noyabrida osib o‘ldirishga hukm qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...