Foto: Getty Images
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani BBC’ga bergan intervyusida aytishicha, uning Kobuldan jo‘nab ketishi kutilmaganda ro‘y bergan, tayyorlanishga ikki daqiqadan ortiq vaqt yo‘q edi, shuningdek, yonida hech qanday pul solingan chamadon bo‘lmagan.
«Tolibon» 15 avgust kuni Kobulni egalladi. G‘anining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni ertalab u tez orada vatanini tark etishini xayoliga ham keltirmagandi. G‘ani uni Afg‘onistondan O‘zbekistonga, keyin BAAga olib ketgan samolyot bortida ketarkan endi amaldagi prezident emasligini tushungan.
Ashraf G‘anining so‘zlariga ko‘ra, u nafaqat o‘z hayotini, balki poytaxtni ham saqlab qolish uchun hal qiluvchi pallada Kobulni tark etgan.
Dastlab u rafiqasi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisini evakuatsiya qilishga rozi bo‘lgan. O‘zi esa Mudofaa vazirligiga olib boradigan mashinani kutib qolgan. Biroq davlat rahbari uchun mashina kelmagan. G‘anining aytishicha, prezident qo‘riqchilari boshlig‘i «dahshat ichida» uning oldiga kelgan va agar G‘ani qarshilik ko‘rsatishda davom etsa, «barchamiz halok bo‘lamiz», degan.
«U menga ikki daqiqadan ortiq vaqt bermadi. Bularning barchasi juda kutilmaganda ro‘y berdi», — deydi sobiq prezident.
U katta miqdordagi pulni mamlakatdan olib chiqib ketgani haqidagi ma’lumotni rad etdi va xalqaro tergov o‘tkazishga chaqirdi.
Ashraf G‘ani prezidentlik davrida xatolarga yo‘l qo‘yganini tan oldi. G‘anining so‘zlariga ko‘ra, uning hukumati qulashiga 2020 yilda «Tolibon» harakati va o‘sha paytdagi AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasida Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish bo‘yicha tuzilgan kelishuv sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”