
Foto: twitter.com / AegeanNative
Ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan «Jantina» (Italiya) suvosti kemasi topildi. Mikonos orolidan janubda, Egey dengizining 103 metr chuqurligida yotgan submarinani grek g‘avvosi Kostas Toktarides o‘z jamoasi bilan aniqladi. Buning uchun ular masofadan boshqariladigan suvosti qurilmasidan foydalanishdi, yozmoqda «Reuters».
Kema bo‘laklari sinchiklab o‘rganildi, Italiya harbiy-dengiz tarixi yozuvlari orqali uning qaysi kema ekanligini bilib olishdi.
«Harbiy-dengiz tarixi jumboqqa o‘xshaydi, bu ham o‘sha jumboqning bir qismi. Ikkita suvosti kemasining qarama-qarshi kelishi — kamdan-kam uchraydigan hodisa», — dedi Toktarides.
«Jantina» 1932 yili suvga tushirilgan. 1941 yilda, urush payti Britaniyaning «HMS Torbey» suvosti kemasidan otilgan torpedo bilan cho‘ktirib yuborilgan. Italiya submarinasi bortida 48 nafar dengizchi bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar