Foto: Getty Images
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda sodir bo‘layotgan namoyishlar fonida qozog‘istonliklarga murojaat qildi.
To‘qayev mamlakat televideniyesi orqali qilgan chiqishida Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi rahbari bo‘lganini e’lon qildi. 2019 yilda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev davlat rahbarligidan ketgach, butun umrga kengash rahbari bo‘lgandi.
To‘qayev mamlakatni va poytaxtni tark etmasligini aytdi.
«Nima bo‘lishidan qat’i nazar men poytaxtda qolaman. Xalq bilan birga bo‘lish mening konstitutsion burchim. Qozog‘iston tarixidagi bu qora chiziqdan birgalikda va kuchliroq bo‘lib chiqamiz. Tez orada siyosiy transformatsiya bo‘yicha takliflar bilan chiqaman. Islohotlarni qo‘llash borasida o‘z pozitsiyamda sobit qolaman», dedi To‘qayev.
Qozog‘iston prezidenti endilikda namoyishlarda sodir etilayotgan qonunbuzarliklarga qarshi maksimal darajada qattiqqo‘llik bilan harakat qilinishini aytdi.
U tez orada qozog‘istonliklarga yangi takliflar bilan yana murojaat qilishi kutilyapti. Shuningdek, To‘qayev namoyishlar vaqtida harbiylar orasida qurbonlar ham bo‘lganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda