07:00 / 08.01.2022
916

BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish maqsadida 1,5 mlrd dollar to‘pladi

BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish maqsadida 1,5 mlrd dollar to‘pladi
Foto: AP Photo
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 2022 yil yanvariga qadar Afg‘onistonda davom etayotgan gumanitar inqirozni hal etish uchun 1,5 milliard dollarga yaqin mablag‘ to‘pladi. Bu haqda BMT bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar qisman afg‘onlarni qishga tayyorlash, jumladan, naqd pul va nooziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlashni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan. «Ushbu yordam mamlakatning turli qismlariga ko‘rsatilgan», — deya ta’kidlaydi Dyujarrik.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat mamlakatning ko‘plab viloyatlariga qor yoqqani sabab yanada yomonlashgan. Qalin qor sabab asosiy yo‘llar yopilib qolgan, shuning uchun kerakli yordamni yetkazib berish qiyinlashgan.

Ta’kidlanishicha, kommunal xizmatlar texnika va yoqilg‘i yetishmovchiligi sabab yo‘llarni tozalashga ulgurmayapti.

Afg‘onistonda «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelgach, ko‘plab afg‘on sportchilari qo‘llab-quvvatlash va mablag‘ yetishmasligi sababli faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan. Afg‘oniston ayni paytda jiddiy gumanitar inqirozga yuz tutmoqda. Mamlakatda millionlab odamlar ochlik yoqasida, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlar yetishmovchiligi hukm surmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish maqsadida 1,5 mlrd dollar to‘pladi