Siyosatshunoslar Sputnik O‘zbekistonga Qozog‘istondagi vaziyatning butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ta’siri va nega mamlakat KXSHT yordamisiz hech nima qila olmayotgani haqida so‘zlab berdi.
Mana bir necha kunlardan beri Qozog‘iston, sobiq SSSRning eng barqaror va osoyishta mamlakatlaridan biri, xalqaro muhokamalar tartibidan chiqmay kelyapti. Narx-navo va suyultirilgan neft gazi sababli boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi.
Xususan, talonchilik va qirg‘inlar mamlakatning janubiy poytaxti Olma-ota shahrini qurshab oldi. Hozirgi vaqtga qadar jabrlangan soni 353 nafarni tashkil qilmoqda. 13 nafar politsiya xodimlari o‘ldirildi, beshta telekanal ofisi vayron bo‘ldi, do‘kon va restoranlar talon-taroj qilindi.
Bundan tashqari, talonchilar Olma-ota shahrining eng muhim ob’ektlariga hujum uyuushtirdi: aeroport vayron qilindi, shahar hokimiyati – akimat binosi deyarli yonib ketgan. Shahar shifoxonalaridan biriga ham zarar yetkazilgan - talonchilar shifokorlar va bemorlarni ichkariga kiritmasdan maskanni qurshab olgan.
Bo‘lib o‘tayotgan voqealar fonida Kozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat uchun terrortistik xavf paydo bo‘lganini e’lon qildi va Kollektiv Xavfsilik Shartnomasi Tashkilotidan yordam kuchi so‘radi.
Qozog‘istondagi tartibsizliklar qo‘shni mamlakatlar uchun ham xavf tug‘diradimi va nega mamlakat KXSHT kuchlarini jalb qilmoqda? Bu haqida Sputnik O‘zbekiston muxbiri Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassislardan izoh so‘radi.
Kriminal va terrorchilar
Siyosatshunos Mars Sariyevning fikrlariga ko‘ra, talonchilarning kichik va o‘rta biznes ob’ektlariga qilayotgan hujumlaridan shuni tushunish mumkinki, shaharda jinoyatchilik avj olgan. Mavjud vaziyatdan radikal kayfiyatdagi shaxslardan tortib Afg‘onistondagi jangovar tajribaga ega bo‘lgan boshqa destruktiv kuchlar ham foydalanib qolishi mumkin.
“Butun Markaziy Osiyo mintaqasida beqarorlik yuz berishi mumkin”, - deydi siyosatshunos va umumiy chegaralarni hisobga olganda, O‘zbekiston ham zarar ko‘rishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Holbuki, 13 nafar o‘ldirilgan politsiyachilardan ikki nafarining boshi kesilgan holda topilgan. Ta’kidlab o‘tish kerak - boshni tanadan judo qilish aynan ekstremistlar orasida keng tarqalgan qatl qilish turi. Shu sababli prezident Toqayevning terrorchilik xavf haqidagi bayonoti asoslidir. Terrorchilik - bu klassik tashqi xavf, biroq tashqi xavflar ham ichkaridan bo‘lishi mumkin, deya ta’kidlaydi iqtisodiyot fanlari nomzodi, Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Kubat Rahimov.
“Qosim-Jomart Toqayevning KXSHTga murojaat qilishi - oddiy va tabiiy taktika, u asrlar davomida sinovdan o‘tgan: murakkab vaziyatlarda ittifoqchilar yordamga keladi. Odamlarning o‘limiga va yana tartibsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. KXSHT bilan o‘zaro hamkorlik hududni himoya qilishga yordam beradi. Olma-ota aeroporti mamlakat uchun ahamiyatlimi? Ahamiyatli. Bunisi harbiy garnizonlarga ham tegishli”, - deydi Rahimov.
KXSHT bunda nima qilib berishi mumkin?
KXSHTning barcha a’zo mamlakatlari - Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston - Qozog‘istonning muhim davlat va harbiy ob’ektlarini mudofaa qilishga tayyor. Tinchlikparvar kuchlar tarkibida qancha harbiylar borligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Hozirgi vaqtga qadar bir nechta mamlakatlar aniq raqamlarni ma’lum qilgan xolos.
Armaniston Qozog‘istonga 70 nafar harbiy jo‘natmoqda, Tojikiston - 200, Rossiyadan KXSHT tarkibiga esa havo-desant kuchlari kiritilgan.
Darvoqe, ijtimoiy tarmoqlarda provokatsion harakatlar paydo bo‘lmoqda - KXSHT haqida so‘z ketganda, ba’zi fikr yetakchilari asosiy nuqtai nazarni faqat Rossiyaga qaratishmoqda. Biroq bu Qozog‘istonda ham, butun mintaqada ham Rossiyaga qarshi kayfiyatni yuzaga keltirishi dargumon, deya hisoblaydi Kubat Rahimov.
“Agar KXSHT kuchlari 2010 yildagi tartibsizliklarda Qirg‘izistonda harakat qilganda, ular ko‘p odamlarning hayoti va mol-mulkini saqlab qolgan bo‘lardi. Qozog‘istonda qisman iqlim sharoiti bunga yordam berdi: poytaxt Nur-Sultonda tartibsizliklar yo‘q, chunki sovuq, deydi ekspert. Aholi buni tushunadi. Bundan tashqari, tinchlikparvar kontingent va aholi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmaydi, deb hisoblayman – bo‘linmalar muhim infratuzilma ob’ektlarida joylashtirilgan”.
Ortga qaytmaydigan nuqta
Mintaqada terrorchilik tahdidi mavjudligini inobatga olgan holda, KXSHT o‘z nizomini buzmaydi (Tashkilotning vazifasi a’zo davlatlarni tashqi tahdidlar va xalqaro terrorchilardan himoya qilishdir). Qolaversa, Tashkilotga kiruvchi barcha davlatlar orasida Qozog‘iston ancha zaif hisoblanadi, deydi Kubat Rahimov.
“Qirg‘izistonga osonroq – unutmang, Kantda harbiy baza va aviatsiya (Rossiya Kant aviabazasidan davlatlararo kelishuvga muvofiq foydalanadi va muntazam Qirg‘izistonga harbiy texnika uzatadi – Sputnik), KXSHT tezkor reaksiya kuchlariga bog‘liq tayyorlangan xodimlar”, deya tushuntiradi mutaxassis.
Armanistonda ham Rossiya harbiy bazasi joylashgan, baza Tojikistonda ham mavjud - bu ob’ektlar terrorchilik tahdidlar yuzaga kelganda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash, himoya qilishga qodir, deydi Kubat Rahimov. Qozog‘istonning tashqi xavf-xatarlarga duchor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kelajakda KXSHT faoliyati isloh qilinishi mumkin.
“Mamlakatlar o‘rtasida xuddi Shengen kabi chegara ittifoqiga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Chegarani kim va qayerda kesib o‘tayotganini bilish uchun ma’lumotlar bazalarini birlashtirish kerak, shunda mintaqa himoyasi sezilarli darajada oshadi”, deydi siyosatshunos. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar