Foto: AP Photo
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi mamlakatda 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olinganini xabar qildi, deb yozmoqda «Vlast.kz».
«Eng ko‘p hibsga olish holatlari Olmaota shahrida kuzatilgan, maxsus operatsiya vaqtida 100 dan ziyod gumonlanuvchining faoliyati fosh qilingan.
Davlat organlarining barcha binolari nazorat ostiga olingan. Patrul politsiyasi jamoat tartibini saqlash ishlarini amalga oshirmoqda. Saf bo‘linmalar shtat tartibida faoliyat olib bormoqda. Hibsga olinganlar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin», – deyiladi Qozog‘iston IIV xabarida.
Shuningdek, Qozog‘iston yong‘in o‘chirish xizmati xodimlari butun mamlakat bo‘ylab olov ichida qolgan 143 nafar odamni evakuatsiya qilgani haqida ham xabarlar berildi. Ular tartibsizliklar oqibatida yuzaga kelgan 57 ta yong‘inni bartaraf etgan. Olovni o‘chirish vaqtida bir nechta o‘t o‘chiruvchi turli darajada jarohatlar olgan.
Qozog‘istonda 2 yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular politsiya bilan qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.
Mamlakatdagi keskinlik munosabati bilan To‘qayev KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti)ga murojaat qilib, yordam so‘radi. Tashkilot cheklangan muddatga respublikaga tinchlikparvar kontingent yubordi.
Qozog‘istondagi tartibsizliklardan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 91 million dollarni tashkil etmoqda, shundan 89,8 million dollari Olmaotaga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar