20:49 / 08.01.2022
1 485

Putin va Toqayev Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qildi

Putin va Toqayev Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar qildi Rossiya prezidenti matbuot xizmati.

Toqayev Putinga Qozog‘istondagi vaziyat haqida batafsil gapirib berdi va KXSHT bo‘yicha hamkorlarga, xususan Rossiyaga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi mavjud vaziyat haqida batafsil ma’lumot berib, uning barqarorlashuv tomon ketayotganini ta’kidladi”, — deyiladi matbuot xabarida.

Ikki prezident Qozog‘istonda tartibni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar haqida ham fikr almashdi. Yaqin kunlarda KXSHTning onlayn sammiti bo‘lishi kutilmoqda, Toqayev shunday tashabbus bilan chiqdi, Putin buni qo‘llab-quvvatladi.

Qozog‘istondagi tartibsizliklar
Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari 2022 yilning dastlabki kunlarida boshlandi. O‘shanda mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Oqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi chiqdi, keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqaldi.

Keyinroq boshqa shaharlarda ham odamlar ko‘chaga chiqdi, Qozog‘iston kuchishlatar tizim xodimlari bilan bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘ldi, har tomondan jabrlanganlar bor.

Voqealar ishtirokchilari - ularni hukumat jangari yoki terrorchi deb atamoqda, ma’muriy binolar va politsiya bo‘limlariga bostirib kirishga bir necha bor urinishdi, ular qaytarildi. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida mingga yaqin kishi yaralandi. Respublika IIV 18 nafar kuchishlatar xodimi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

19 yanvarga qadar butun Qozog‘iston hududida favqulodda holat joriy etildi, hukumat aksiya qo‘zg‘atuvchilardan maydonlarni tozalamoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev hukumatni iste’foga chiqardi va yoqilg‘i sotish narxlarini tartibga solish haqida ko‘rsatma berdi, ammo g‘alayonlar davom etdi. Prezident Xavfsizlik kengashi rahbari bo‘ldi, uning birinchi yig‘ilishida Qozog‘istondagi vaziyatni “davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi” dedi va yordam so‘rab KXSHTga murojaat qilganini aytdi.

Tartibsizliklar vaqtida tashkilot a’zolari respublikaga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni jo‘natdi. Rossiya, Qirg‘iziston, Armaniston, Belarus va Tojikiston Qozog‘istonga yordam beradi. Tinchlikparvar qo‘shinlarning vazifalari - ma’muriy va diplomatik binolarni qo‘riqlash va mahalliy harbiylarga qonuniy tartibni saqlashga ko‘maklashish. Birlashgan qo‘shin harakatlariga Rossiya Havo-desant kuchlari qo‘mondoni, general-polkovnik Andrey Serdyukov rahbarlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Toqayev Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qildi