Foto: Xisco Navarro / ZUMA / TASS
Janubiy Afrika Respublikasi olimlari koronavirusning «omikron» shtammi COVID-19 pandemiyasini yakunlashi mumkinligini ma’lum qildi. Tadqiqot natijalari South African Medical Research Council saytida e’lon qilindi.
Olimlar Svane okrugidagi shifoxonaga «omikron» to‘lqini vaqtida olib kelingan 466 va ilgari yotqizilgan 3976 nafar bemorga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi.
Ularning aniqlashicha, oxirgi to‘lqinda COVID-19ga chalingan bemorlarning 4,5 foizi vafot etgan – avvalgi o‘rtacha ko‘rsatkich 21 foizni tashkil etgan.
Shifoxonada yotish davomiyligi ilgarigi 8,8 kundan to‘rt kunga qisqargan, intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilganlar soni 4,3 foizdan 1 foizga tushgan.
Har bir yangi to‘lqinda kasallikning tobora yengil kechishi kuzatilmoqda, deya qayd etgan olimlar. Bu esa «omikron» shtammi koronavirus pandemiyasi epidemiyadan endemiyaga – ma’lum bir hududga xos kasallikka aylanayotganini bildiradi.
«Omikron» shtammi o‘tgan yil noyabrda Janubiy Afrikada aniqlangandi. Bugunga qadar mazkur shtamm 100dan ortiq mamlakatda qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar