Foto: Reuters
Braziliya janubi-sharqidagi Furnash ko‘lida sayyohlarni olib yurgan katerlar ustiga qoya bo‘lagi qulab tushdi. Oqibatda kamida yetti kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish boshqarmasiga tayanib, Reuters xabar berdi.
8 yanvar kuni sayyohlar bir nechta turistik qayiqlarda ko‘ldagi sharsharani ko‘zdan kechirayotgan paytda qoyaning bir qismi ularning ustiga qulagan. Qayd etilishicha, hodisa chog‘ida bortlarda kamida 34 kishi bo‘lgan.
32 kishi jabrlangan, ulardan to‘qqiz nafarining jarohati og‘ir deb baholanmoqda. Avvaliga rasmiylar voqea tufayli 20 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan bo‘lsa, keyin ulardan aksariyatining taqdiriga oydinlik kiritilgan.
Ko‘l joylashgan Minas-Jerayis shtati qutqaruv xizmati matbuot kotibi Pedro Ayixaraning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada ikki hafta davom etgan yog‘ingarchilik kuchli eroziyaga uchragan qoyalarning qulashiga sabab bo‘lgan. Tabiiy landshaftning yemirilishda davom etishi istisno qilinmayapti. Voqea yuzasidan tergovga mamlakat harbiy-dengiz kuchlari jalb qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar