Foto: USA.one
9 yanvar kuni Los-Anjelesda temir yo‘l relsiga qulagan samolyotning uchuvchisi poyezd bilan to‘qnashuvdan bir necha soniya oldin qutqarib olindi. Bu haqda CBS Los Angeles xabar berdi.
Bir dvigatelli Cessna 172 samolyoti Uaytman aeroporti yaqinida temir yo‘lga qulagani xabar qilingan. Los-Anjeles o‘t o‘chirish departamenti vakili Brayan Xamfri samolyotda faqat uchuvchi bo‘lganini aytdi.
Los-Anjeles politsiya byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot quvvatini yo‘qotib, relslar ustiga qulab tushgan. Politsiya uchuvchini yaqinlashib kelayotgan poyezd bilan to‘qnashuvdan bir necha soniya oldin samolyotdan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Tez tibbiy yordam xodimlari uchuvchini kasalxonaga olib ketdi, uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Germaniyada 4 dekabr kuni bir dvigatelli A62 samolyoti avtomobil ko‘prigi ustiga favqulodda qo‘ngan va yuk mashinasi g‘ildiraklariga borib urilgandi. Favqulodda qo‘nish va yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida uchuvchi yengil tan jarohati olgan, yuk mashinasi haydovchisi jabrlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar