17:33 / 10.01.2022
1 224

To‘qayev Qozog‘istonga qarshi terroristik urush bo‘lgani haqida gapirdi

To‘qayev Qozog‘istonga qarshi terroristik urush bo‘lgani haqida gapirdi
Foto: Aleksey Nikolskiy/RIA «Novosti»
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti onlayn sammitida nutq so‘zladi. To‘qayev tashkilotga a’zo davlat rahbarlari ishtirokidagi onlayn uchrashuvda Qozog‘istondagi voqealarning yangi tafsilotlari haqida ham gapirdi.

«Jangarilar prezident rezidensiyasi atrofida jamlanganini ko‘rdik. Bu Qozog‘istonga qarshi terroristik urush ochilganidan dalolat beradi», dedi To‘qeav.

Uning aytishicha, qurollangan shaxslar tunda morglarga hujum qilib, halok bo‘lgan sheriklarining jasadini olib ketgan va shu orqali izlarni yashirgan. Olmaota nazoratini qaytarish uchun esa KXSHT askarlari yordam bergan.

Qozog‘iston prezidenti KXSHT missiyasi mamlakatdagi antiterroristik operatsiyalar tugashi bilan o‘z nihoyasiga yetishini ma’lum qildi. To‘qayev mamlakat oldida turgan vazifalardan biri – sodir bo‘lgan voqealar terroristik agressiya bo‘lgani va unga tayyorgarlik jarayonini isbotlash ekanini aytdi.

«Jangarilar bir yerdan turib boshqarilgan. Ular birdaniga 11ta shaharda harakatni boshladi. Olmaota politsiya departamentini qo‘lga olish uchun ikki kecha davomida harakat qilishdi. Jangarilar politsiyachilarni ayniqsa agressiv tarzda do‘pposlagan. Ikki nafar harbiy xizmatchining boshini olib tashlashgan. Bu davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi.

Jangarilarning maqsadi hukumatni qo‘lga olish edi. Ular poytaxtga hujum qilishni rejalashtirgan. KXSHT askarlari kelgani Olmaotani jangarilar qo‘lidan tortib olishga yordam berdi. Tashkilot o‘zining qanchalik samarali ekanini isbotladi. KXSHT tomonidan 2030 nafar tinchlikparvar kuchlar va 250 ta harbiy texnika Qozog‘istonga yuborilgan bo‘lib, ular harbiy ob’ektlar, qurol-yarog‘ omborlarini himoya qilishadi. KXSHT askarlari Olmaota shahri, Olmaota viloyati hamda Nur-Sultonda bo‘lib turibdi.

Qozog‘istondagi vaziyat bir muddat tahlikali holatga keldi, chunki jangarilar bu vaqtda Olmaota hamda 9 ta hudud markazlarini qo‘lga olishdi. Ular KXSHT askarlari mamlakatga kirganini bilgach, prezident rezidensiyasini qo‘lga olish rejasidan qaytishgan.

KXSHT kuchlari Qozog‘istonga kirishi qanchalik qonuniy ekani haqida ham fikrlar ko‘zga tashlandi. Ammo bu insonlarda yetarli ma’lumot va tushuncha yo‘qligi sabab yuzaga kelgan.

Biz hech qachon tinch namoyishchilarga qarshi kuch ishlatmaganmiz, ishlatmaymiz ham. Ba’zilar Qozog‘iston tinch namoyishchilar bilan kurashmoqda, deb aytmoqda, bu – yolg‘on. Biz terrorchilarga qarshi kurashdik. Dastlabki tergov harakatlaridan keyin xalqaro hamjamiyat va sudga qo‘shimcha dalillarni taqdim etamiz. Terroristik harakatlarni tashkil qilishga balki bir, ikki yoki uch yil tayyorgarlik ko‘rishgandir. Barchasi tergov davomida aniq bo‘ladi.

Bo‘lib o‘tgan voqealar Olmaota fojiasi nomi bilan tarixda qoladi. Olmaotaga uch yo‘nalishdan jangarilar kirib kelgan. Ular harbiylar kiyimini kiyib, o‘z aloqa tizimidan foydalangan, tez yordam va o‘t o‘chiruvchilarning harakatini cheklashga uringan. Olmaotada chinakam urush bo‘ldi. To‘qnashuvlar davomida 16 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lib, 1 300 nafari jarohatlangan. Tinch aholi orasida ham qurbonlar bor, qurbonlar soni aniqlashtirilmoqda
», dedi Qozog‘iston prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev Qozog‘istonga qarshi terroristik urush bo‘lgani haqida gapirdi