Foto:«RBK»
«Binance» kripvalyutalar birjasi bosh direktori Chanpen Chjao kriptovalyutada eng boy odamga aylandi. Bu haqda «Bloomberg» ma’lum qildi.
U raqamli aktivlarini hisobga olmaganda 96 milliard dollar boyligi borligi aniqlandi.
Chjao hindistonlik biznes-magnat Mukesh Ambani ortda qoldirdi. Chjaoning boyligi sezilarli darajada kattaroq bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning «Binance Coin» deb ataladigan kripto-puli o‘tgan yili taxminan 1300 foizga oshdi.
Xitoydan chiqarib yuborilgan kompaniya butun dunyo bo‘ylab tartibga soluvchi tekshiruvlarga duch kelmoqda. Yirik soliq va moliyaviy institutlari Changpeng Chjao kriptovalyutalar kompaniyasini tekshirmoqda.
«Binance»ning kelajagi uning global regulyatorlar bilan murosa qila olishi va shtab-kvartirasini joylashtirish uchun mos joy topa olishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu orqali kripto-milliarderning boyligi yana bir necha karra oshishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin bo‘ladi.
«Men anarxist emasman»,— dedi u «Bloomberg» forumida. «Men insoniyat sivilizatsiyasi qoidalarsiz dunyoda yashash uchun yetarlicha rivojlanganiga ishonmayman».
Dunyoda kriptovalyutaga asoslangan boyliklar va raqamli tokenlar qiymati ortib bormoqda. Ularning umumiy qiymati joriy yil boshida 2,09 trillion dollarni tashkil etdi. Bu raqam uch yil oldin 135 milliard dollarga teng edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar