22:45 / 10.01.2022
2 163

To‘qayev tezkor shtab yig‘ilishini o‘tkazdi

To‘qayev tezkor shtab yig‘ilishini o‘tkazdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun, 10 yanvar kuni tezkor shtabning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Videokonferensiya shaklidagi majlisda bosh prokuror, milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi, ichki ishlar va mudofaa vazirlari qatnashdi.

Yig‘ilishda mas’ullar mamlakatdagi vaziyat haqida axborot berishdi. Aytilishicha, shaxslar va transport vositalarini nazoratda ushlab turish uchun strategik ob’ektlar va aholi yashash hududlariga 93 ta blokpost o‘rnatildi.

Axborotga ko‘ra, huquqni himoya qilish organlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va binolarga hujum qilayotganlar qattiq jazolanmoqda. Masalan, Olma-Otada 207 kishi ushlangan, ularda 5 ta o‘g‘irlangan mashina, qurol va o‘q-dorilar, qalqonlar borligi aniqlangan.

Poytaxtda esa tunu kun navbatchilik yo‘lga qo‘yilgani aytildi. Mamlakatdagi favqulodda holat tartibini buzgan 1,5 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi.

Ayni paytda terrorchilar turgan joyni aniqlash va ushlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev tezkor shtab yig‘ilishini o‘tkazdi