Foto: Ida Guldb k Arentsen/Ritzau/TT
Daniya harbiy razvedkasi (FE) boshlig‘i lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan Lars Findsen bir oydan ortiq vaqtdan buyon hibsda saqlanmoqda, deb xabar berdi g‘arb OAV.
Xabarlarga ko‘ra, u maxsus xizmatlardan axborot sizib chiqib ketishida gumonlanib hibsga olingan. Daniya mudofaa vazirligi maxsus xizmatining 54 yoshli rahbariga qanday ayblov qo‘yilgani hozircha ma’lum qilinmayapti.
9 dekabrda Daniya politsiya xavfsizlik xizmati (PET) FE va PET tashkilotlarining to‘rt nafar xodimi o‘ta maxfiy ma’lumotlarni berishda gumonlanib hibsga olinganini xabar qilgandi.
DR va TV2 telekanallarining ma’lumot berishicha, hozirda faqat Findsen hibsda saqlanmoqda. U barcha ayblovlarni inkor qilmoqda.
Findsen 2015 yilda harbiy razvedka boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, 2020 yil avgustda maxsus xizmatlar ustidan nazorat idorasining tanqidiy hisobotidan so‘ng lavozimidan vaqtincha chetlatilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi