Foto: AP
Jenevada o‘tkazilgan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha maslahatlashuvlarda Rossiya va AQSH NATOning sharqqa kengaymasligi masalasida kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, bu masalada oldinga siljish bo‘lmagan. NATOning kengaymasligi va bu borada yuridik kafolatlar berilishi mavzusi AQSHning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Ryabkov bu mavzuni alyansning zarba beruvchi vositalarini Rossiya chegaralarida joylashtirmaslik masalasi kabi mamlakat milliy xavfsizligi uchun muhim deb atadi. Uning aytishicha, Rossiya tomoni bu talablardan voz kecha olmaydi.
«Ammo Rossiya qandaydir ultimatumlar qo‘yish yo‘lidan bormoqda deb ta’kidlayotganlar mutlaqo nohaq», — deya qo‘shimcha qildi u.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Moskva talablari bajarilmagan taqdirda oqibatlar bilan tahdid qilmaydi (shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin rad javobi berilgan taqdirda Rossiyadan «turli xil» javoblar bo‘lishi mumkinligini aytgandi).
Ryabkov Rossiya va alyans o‘rtasidagi manfaatlar muvozanati topilishi mumkinligini istisno qilmadi.
O‘tgan yil dekabrda Rossiya AQSH bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma va RF hamda NATOga a’zo davlatlar xavfsizligini ta’minlash choralari to‘g‘risidagi kelishuv loyihalarini taqdim etgandi.
Hujjatlarda AQSH NATOning sharqiy yo‘nalishda kengaymasligi bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olishi, ilgari sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan davlatlarni alyansga qabul qilishdan voz kechishi, Ukraina hududida harbiy faoliyat olib bormasligini talab qilgan.
12 yanvar kuni Rossiya bu masalani NATO vakillari bilan muhokama qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi