12:21 / 11.01.2022
1 608

Qozog‘istonda yangi hukumat rahbari tayinlandi

Qozog‘istonda yangi hukumat rahbari tayinlandi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev seshanba kuni o‘z farmoni bilan Alixon Smoilovni Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq parlament quyi palatasi uning nomzodini ma’qullagan edi. Uchrashuv «Xabar-24» telekanali orqali namoyish etildi. To‘qayev parlamentda videomuloqot orqali so‘zga chiqib, deputatlarga hukumat rahbari lavozimiga Smoilov nomzodini ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

Shu kungacha Smoilov vaqtincha bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajarib turgandi.

5 yanvar kuni noroziliklar kuchayib borayotgan bir paytda To‘qayev Asqar Mamin boshchiligidagi sobiq hukumat iste’fosini qabul qildi.

Smoilov 49 yoshda, 2020 yil may oyidan beri Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri, turli yillarda Qozog‘iston moliya vaziri, prezident yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

Qonunchilikka ko‘ra, Bosh vazir yangi hukumat tuzilmasi va tarkibi bo‘yicha takliflarni o‘zi tayinlanganidan keyin o‘n kun muddatda Prezidentga kiritadi. Parlament quyi palatasi qo‘mitalari yig‘ilishlarida deputatlar bir qator ixtisoslashgan vazirlar nomzodlarini kelishib olishlari shart.

Kuni kecha Qosim-Jo‘mart To‘qayev KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasida «Qozog‘iston mustaqillik tarixidagi eng yirik inqirozni boshidan kechirdi», deya ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda yangi hukumat rahbari tayinlandi