14:20 / 11.01.2022
1 427

To‘qayev: Birinchi prezident tufayli mamlakatda juda boy odamlar qatlami paydo bo‘ldi

To‘qayev: Birinchi prezident tufayli mamlakatda juda boy odamlar qatlami paydo bo‘ldi
Foto: inform.kz
Qozog‘istonda birinchi prezident – Elboshi tufayli juda daromadli kompaniyalar guruhi va hatto xalqaro standartlar bo‘yicha ham juda boy bo‘lgan odamlar qatlami paydo bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi.

Birinchi Prezident - Elboshi tufayli mamlakatda juda daromadli kompaniyalar guruhi va hatto xalqaro standartlar bo‘yicha ham boy odamlar qatlami paydo bo‘ldi. Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularga tizimli va muntazam yordam berish vaqti keldi, deb hisoblayman. Shuning uchun hukumat bu kompaniyalarni aniq belgilab olishi va ular bilan maxsus fondga yillik badallar miqdorini kelishib olishi kerak bo‘ladi”, dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti katta mablag‘ga ega bo‘lgan shaxslardan ham bu borada faollikni kutishini ma’lum qildi.

Shuningdek, To‘qayevning aytishicha, mamlakatda KXSHT tinchlikparvar kuchlarining asosiy missiyasi yakunlandi, 2 kundan keyin ularni olib chiqish boshlanadi. Kontingentni olib chiqish jarayoni 10 kundan ortiq davom etmaydi.

Bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarni maxsus tezkor-tergov guruhi tekshiradi. Biz imkon qadar tezroq harbiy texnika va barcha zarur narsalar bilan jihozlanishni boshlaymiz. Huquqni muhofaza qilish tizimini isloh qilish birinchi navbatdagi vazifadir. Bizning oldimizda jamiyat faoliyatini, jumladan, tashqi, ichki va xalqaro razvedka xizmatlarini qayta qurish vazifasi turibdi. Kuch tuzilmalari vakillarida odamlar hayoti haqida noto‘g‘ri tushuncha shakllangan.

Iqtisodiyot yuksalish bilan aholining barcha qatlamlari daromadlari ham o‘sishi kerak. Bu bizning holatimizda o‘zgarmas aksioma. Hozirgi iqtisodiy vaziyatda asosiy foyda oluvchilar moliyaviy va oligarxlar guruhlariga aylandi. Qozog‘iston taraqqiyot banki, aslida, bizga familiya tanish bo‘lgan ma’lum bir doiradagi odamlarning shaxsiy bankiga aylandi. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari noshaffof va tushunarsizligicha qolmoqda
”, dedi Qozog‘iston prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev: Birinchi prezident tufayli mamlakatda juda boy odamlar qatlami paydo bo‘ldi