1 448
AQSH harbiylari Gavayi yaqinida Rossiyaning josuslik kemasi paydo bo‘lganini ma’lum qildi
Foto: «Vk-smi.ru»
Tinch okeani akvatoriyasida Gavayi orollari yaqinida Rossiyaning «Kareliya» nomli josuslik kemasi aniqlandi. Amerikalik harbiylar 7 yanvardan buyon uning harakatlarini kuzatmoqda, deb xabar beradi Honolulu Star-Advertiser.
«AQSH qurolli kuchlarining Hind—Tinch okeani qo‘mondonligi (INDOPACOM) Gavayi yaqinidagi xalqaro suvlarda faoliyat olib borayotgan Rossiya kemasini kuzatmoqda», — deydi qo‘mondonlik vakili Rob Martines.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuv ishlari aviatsiya patruli va kemalar yordamida amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, «Kareliya» 2021 yilning mayida raketa poligoni joylashgan Kauai oroli yaqinida paydo bo‘lgan. O‘shanda Rossiya kemasining kelishi sabab Amerika qo‘mondonligi rejalashtirilgan raketa sinovlarini qoldirishga majbur bo‘lgan.
Gavayi AQSH uchun harbiy operatsiyalar o‘tkazishning muhim markazi hisoblanadi. Shtab-kvartirasi Kemp-Smitda joylashgan INDOPACOM Tinch okeanidagi barcha, Hind okeanining asosiy qismidagi va Arktikaning ayrim qismlaridagi operatsiyalarni nazorat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi