Foto: Reuters
NATO ittifoqchilari Rossiya Ukrainaning alyansga kirishiga to‘siq qo‘ya olmaydi degan yakdil fikrda. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda bo‘lib o‘tgan Rossiya — NATO kengashi muzokaralaridan so‘ng ma’lum qildi.
«Bosh tamoyil borasida barcha a’zolar yakdil: har bir davlat o‘z yo‘lini o‘zi tanlash huquqiga ega. Ittifoqchilar Ukraina qachon NATO a’zosi bo‘lishga tayyorligini faqat Ukraina va NATOning 30 ittifoqchisi hal qiladi degan fikrda ham yakdil», — dedi Stoltenberg.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Stoltenberg Rossiya delegatsiyasi bilan qariyb to‘rt soat davom etgan muzokaralarni murakkab, lekin foydali deb atadi.
O‘z navbatida, AQSH davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman AQSH «hech kimning boshqa mamlakat uchun NATO eshiklarini yopishiga qo‘ymasligi»ni aytdi.
Rossiya — NATO kengashi uchrashuvi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikkinchisi bo‘ldi. Birinchi uchrashuv Jenevada Rossiya tashqi ishlar vazirligi va AQSH davlat departamenti delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi. Uchinchi uchrashuv 13 yanvar kuni YEXHT doirasida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Moskva Vashington va uning ittifoqchilaridan NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish, Yevropadan AQSH yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi