07:30 / 13.01.2022
1 251

Rossiya fuqaroligini olish tartibi soddalashtirilishi mumkin

Rossiya fuqaroligini olish tartibi soddalashtirilishi mumkin
Fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi fevral oyida Davlat Dumasida ko‘rib chiqilishi mumkin, bu haqda Davlat Dumasi Kengashining parlament ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan qarorda bayon etilgan.

O‘tgan yil oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga “Rossiya fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini kiritgandi. Hujjat 20 tadan ortiq toifadagi shaxslar uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtirishni nazarda tutadi, shuningdek, ayrim jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning Rossiya fuqaroligidan mahrum etish tartibini joriy qiladi.

Davlat Dumasi Kengashi qaroriga ko‘ra, fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasiga qo‘shimcha va takliflar 31 yanvarga qadar Dumaning MDH, Yevrosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar bo‘yicha qo‘mitasiga yuborish kerak.

Qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash muddati – 2022 yil fevral deb belgilansin”, — deyilgan hujjatda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya fuqaroligini olish tartibi soddalashtirilishi mumkin