Foto: Unsplash
AQSHda faqat autentifikatsiya qilingan foydalanuvchilar ota olishi mumkin bo‘lgan «aqlli» qurollar 2022 yilda iste’molchilarga taqdim etilishi mumkin, deb xabar beradi Reuters.
Agentlikning ta’kidlashicha, bu kabi qurolni yaratish borasidagi bahs-munozaralar 20 yildan buyon davom etmoqda.
LodeStar asoschilaridan biri Garey Gleyzerning so‘zlariga ko‘ra, u egasiz qurollarni o‘ynab otib qo‘ygan ko‘plab bolalar haqidagi voqealardan ilhomlangan. «Aqlli» qurol foydalanuvchi shaxsini autentifikatsiya qilish texnologiyasidan foydalanish orqali undan boshqa biror inson otishga uringanida, o‘chirib qo‘yish yo‘li bilan bu kabi fojialarning oldini olishga xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, bunday qurollar yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlangan qurollar yordamida o‘z joniga qasd qilishlar sonini kamaytirishi, politsiyachilar hamda qamoqxona qo‘riqchilariga qurolini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmaslikka yordam beradi.
LodeStar’ga barmoq izi skaneri va telefon dasturi orqali faollashtiriladigan qisqa masofali aloqa chipi (NFC), shuningdek, PIN-kodni kirituvchi panel integratsiya qilingan. Quroldan bir necha kishi ham foydalana olishi mumkin.
Barmoq izi skaneri mikrosoniyalarda pistoletni blokdan chiqaradi, ammo nam iqlim yoki boshqa noqulay ob-havo sharoitida ishlamay qolishi mumkinligi sabab, PIN-kodni kiritishni talab qiladigan zaxira variantidan foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda Amerikaning Armatix kompaniyasi iP1 deb nomlangan «aqlli» pistoletlarini sotuvga chiqargandi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, bu to‘pponcha qurol o‘g‘irlashlar va ularni jamoat joyida ishlatishlar sonini kamaytirishga xizmat qilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi