Ishdan olingan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mirat Babaguliyev
Foto: «Xronika Turkmenistana»
12 yanvar kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar beradi «Xronika Turkmenistana».
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish davomida davlat rahbari ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik Mirat Babaguliyevni hech qanday tushuntirishlarsiz lavozimidan ozod etgan. Ashxobod politsiya boshqarmasi boshlig‘i mayor Vepali Atayev ichki ishlar vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlangan. O‘z navbatida, mayor Merdan Muhammetmiradov Ashxobod politsiya boshqarmasi boshlig‘iga aylangan.
Prezident ishdan olgan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari 2021 yilning avgustida lavozimga tayinlangan edi. Shunday qilib Babaguliyev mazkur lavozimda yarim yildan kamroq ishladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning iyunida Gurbanguli Berdimuhamedov ichki ishlar vaziriga tanbeh berib, uning o‘rinbosarini ishdan bo‘shatgandi. O‘shanda Turkmaniston prezidenti «ishidagi jiddiy kamchiliklari uchun» ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar podpolkovnigi Jumamurat Nurayevni o‘z lavozimidan ozod qilgan. Shuningdek, Berdimuhamedov «xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani, nazorat qilinadigan xizmatlar ustidan nazoratni susaytirgani uchun» ichki ishlar vaziri Chakiyevga kamchiliklarni imkon qadar tezroq tuzatish to‘g‘risida so‘nggi ogohlantirish bilan qattiq tanbeh bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi