Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva Facebook va Instagram’dagi sahifalarini o‘chirib tashlagan yoki ularga kirishni butunlay cheklab qo‘ygan. Bu holat Nazarboyeva Instagram’da mamlakatdagi voqealarga izoh berganidan ko‘p o‘tmay jurnalistlar uning Qozog‘istonda emas, Birlashgan Arab Amirliklarida ekaniga e’tibor qaratganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Avvalroq Aliya Nazarboyeva sobiq prezident oilasining vakillaridan birinchi bo‘lib Qozog‘istondagi so‘nggi voqealarga izoh bergandi. «Jabrlanganlar va qurbonlar tufayli his qilinadigan og‘riq va afsuslarni so‘z bilan ifodalashning iloji yo‘q. Men barcha qurbonlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiraman. Barchamiz uchun bu ayanchli saboq tariximizda so‘nggisi bo‘lib qolsin», — deb yozgan u.
Nazarboyeva o‘z postida otasini ham tilga olgan, lekin uning qayerdaligi va ahvoli haqida birorta tafsilot bermagan. «Sizdan kelayotgan ruhlantiruvchi so‘zlar uchun rahmat. Otamni ma’naviy qo‘llab-quvvatlayotganingizdan minnatdorman, u bugungi kunda turli viloyatlar aholisidan ko‘plab xatlar olmoqda», — deb yozgan Aliya Nazarboyeva.
Nursulton Nazarboyev so‘nggi marta 2021 yilning 28 dekabrida omma oldiga chiqqan edi. Uning matbuot kotibi ham, qozog‘istonlik diplomatlar ham Nazarboyevning Nur-Sultonni tark etmagani haqida bayonotlar bersa-da, respublikada ko‘pchilik bu ma’lumotga ishonmayapti.
Xuddi shunday holat Nursulton Nazarboyevning oila a’zolariga ham talluqli. Ayni vaqtda Qirg‘izistonning 24.kg nashri xabariga ko‘ra, sobiq prezidentning ukasi Bolat Nazarboyev avvalroq qozoq-qirg‘iz chegarasini kesib o‘tgan va Bishkekdan Dubayga uchib ketgan. Ushbu nashr 13 yanvar kuni Instagram’ning «Hisob ma’lumotlari» funksiyasiga tayanib, Aliya Nazarboyevaning joylashgan joyi BAA ekaniga e’tibor qaratdi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay, Aliyaning Instagram sahifasiga kirish yopildi.
Foto: Skrinshot “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi