19:20 / 14.01.2022
4 070

Foryobda o‘zbek qo‘mondoni hibsga olingani ortidan norozilik kelib chiqdi

Foryobda o‘zbek qo‘mondoni hibsga olingani ortidan norozilik kelib chiqdi
Bu haqda Aamaj News agentligiga ismi sir qolishni istagan mahalliy o‘zbek qo‘shinlari qo‘mondonlaridan biri ma’lum qilishicha, pushtun jangarilarini olib chiqish qarori o‘zbek jamiyati, viloyat hokimi va politsiya boshlig‘i o‘rtasidagi kelishuv asosida qabul qilingan.

Afg‘on o‘zbeklari jamiyatining taniqli vakili Maxdum A’lam 12 yanvar kuni Mozori Sharifda “Tolibon” mudofaa vaziri o‘rinbosari mulla Fazl ishtirokida hibsga olindi, deb yozadi sobiq viloyat gubernatori Naqibulla Foiq. Uning so‘zlariga ko‘ra, A’lam «Tolibonning Foryobdagi birinchi odami» bo‘lgan va Foryob, Saripul va Juzjon viloyatlarida o‘tkazilgan amaliyotlarga qo‘mondonlik qilgan. Mintaqadagi toliblarning muvaffaqiyatlari uning nomi bilan bog‘liq. Hozir u va “Tolibon” tomonida jang qilgan yuzlab o‘zbeklar “Tolibon” tomonidan qamoqqa tashlangan.

Foryob viloyati markazi Maymana shahrida harbiy holat joriy etildi. Maxdum A’lam tarafdorlari ko‘chalarga chiqdi. Barcha do‘konlar yopiq. Namoyishchilar lager tashkil qilishdi - ular Alam ozod qilinmaguncha tarqalishmoqchi emas. Pushtun jangarilarining qurol-yarog‘lari va harbiy texnikasini tortib olishayotgani haqida xabarlar bor.

Foryob viloyati markazidan “Tolibon” harakati tomonidan tayinlangan gubernator, politsiya boshlig‘i va razvedka boshlig‘i qochib ketgan. Shahar isyonchilar tomonidan egallab olindi, deb yozadi Tojuddin Surosh viloyat sobiq gubernatori Naqibulla Foiq so‘zlariga tayanib.

“Tolibon” o‘zbek qo‘mondoni Maxdum A’lamni kechgacha qo‘yib yubormasa, Foryob ularga bo‘ysunishdan to‘xtaydi.

Namoyishchilarning bu talabi haqida hibsga olingan qo‘mondonning ishonchli kishilaridan biri Turko‘g‘li «Tolibon bayrog‘i Foryobda abadiy tushiriladi», deya ogohlantirgan.

Hozircha Maxdum A’lam ozodlikka chiqarilmagan va Maymana o‘zbeklari ham namoyishlarini to‘xtatishni o‘ylaganlari yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Foryobda o‘zbek qo‘mondoni hibsga olingani ortidan norozilik kelib chiqdi