
Prezident Vladimir Putinga qarshi sanksiya qo‘llash munosabatlarni uzishga tengdir. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSHning Putinga nisbatan sanksiya qo‘llashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasiga ana shunday izoh berdi.
Uning aytishicha, Moskva bunday sanksiyalarga darhol javob qaytaradi.
«Davlat rahbariga va Rossiya rahbariga qarshi sanksiya qo‘llanishi, yana bir bor takrorlayman, munosabatlarni uzishga teng oxirgi choradir», – dedi Peskov.
AQSH Senatida taqdim etilgan qonun loyihasi “2022 yilda Ukraina suverenitetini himoya qilish akti” deb nomlanadi. Unda agar Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, Rossiya prezidentidan tashqari Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlariga ham sanksiya qo‘llash taklif etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar